English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston delegatsiyasi YeHXT ko‘magida Ispaniyaning penitensiar tajribasini o‘rgandi
16:01 / 2025-12-24

2025 yilning 15-18 dekabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi penitensiar muassasalarni boshqarish va inson huquqlarini ta’minlash sohasidagi Yevropa tajribasini o‘rganish maqsadida Ispaniyaga tashrif buyurdi. O‘quv tashrifi YeHXTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan Taraqqiyot va odil sudlov markazi (CDJI) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Delegatsiya tarkibiga Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi vakillari, shuningdek, O‘zbekistondagi Axloq tuzatish muassasalari rahbarlari kirdi. Tashrif chog‘ida ishtirokchilar Ispaniyadagi erkaklar va ayollar axloq tuzatish muassasalari, shuningdek, politsiya uchastkasining amaliy faoliyati bilan tanishishdi. 

Bundan tashqari, Ispaniya Adliya vazirligi, Penitensiar muassasalari Bosh kotibiyati, Karlos III universitetining Gregorio Pesesa-Barba nomidagi inson huquqlari instituti hamda Xalqaro-huquqiy hamkorlikning Ibero-Amerika tarmog‘ida ishchi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.   

Delegatsiya inson markazida turgan yondashuvga alohida e’tibor qaratdi. Ispaniya tomoni mahkumlarni individual baholash mexanizmlarini taqdim etdi. Unga ko‘ra, har  bir mahbusning xulq-atvori, ehtiyojlari va salohiyatini hisobga olgan holda saqlash sharoitlari va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlari belgilab olinadi. 

O‘zbekistonlik mutaxassislar shuningdek, ta’lim va professional dasturlarni amalga oshirish amaliyoti, qayta ijtimoiylashuv, shuningdek, mahkumlarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish mexanizmlarini o‘rgandi. Axloq tuzatish muassasalari xodimlarining mahbuslar bilan xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi muhitni yaratishga qaratilgan faol hamkorlik qayd etildi. Penitensiar muassasalarni boshqarishda gender-sezgir yondashuvga alohida e’tibor qaratildi. 

Tashrif davomida orttirilgan tajriba O‘zbekistonda inson huquqlarining rioya qilinishi va milliy amaliyotni xalqaro standartlarga moslashtirishga urg‘u bergan holda jazoni ijro etish tizimini yanada takomillashtirishda foydalanilishi mumkin. 

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA