English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir xalqaro anjumanda ishtirok etdi
12:06 / 2023-01-24

Eron poytaxti Tehronda dunyoning turli qit’alaridan kelgan 38 delegatsiya ishtirokida Nufuzli ayollarning birinchi xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilgan “IRNA”.

Tadbirda mamlakatimiz Xotin-qizlar va oila ishlari davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirokchilarga O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqi va imkoniyatini kengaytirish, davlat boshqaruvi tizimi va jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalarida ularning rolini oshirishga yo‘naltirilgan islohotlar haqida so‘zlab berdi.

Tashkilotchilar Nufuzli ayollarning ikkinchi xalqaro kongressi Armanistonda bo‘lib o‘tishini e’lon qilishdi.

O‘zA