Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston delegatsiyasi “Xitoy – Markaziy Osiyo” forumida ishtirok etdi
11:59 / 2023-09-12

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Futszyan muzofoti Syamen shahrida tashkil etilgan “Xitoy – Markaziy Osiyo” forumida ishtirok etdi.

Anjuman ishtirokchilari mamlakatimizning Xitoy bilan hamkorligi bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlar, xotin-qizlar huquqi, manfaatini ximoya qilish yo‘lida yurtimizda olib borilayotgan ishlar, shuningdek, kambag‘allikka qarshi kurashish sohasidagi keng qamrovli islohotlarimiz natijasi bilan tanishtirildi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva “Ayollar va barqaror rivojlanish” sessiyasida ishtirok etdi. Delegatsiya a’zolari tashrif davomida Xitoy xalq siyosiy maslahat Kengashi raisi o‘rinbosari, Butunxitoy ayollar federatsiyasi rahbari Shen Yueyue va Futszyan muzofoti partiya kotibi Chjou Szuyi bilan uchrashdi.

O‘zbekistonliklar Syamen shahridagi kam ta’minlangan oilalarga g‘amxo‘rlik qilish va Szinan jamoat xizmati markazida kambag‘allikni qisqartirish va ayollarni ish bilan ta’minlash borasidagi tajriba bilan yaqindan tanishdi.

 

O‘zA