Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro forumda ishtirok etmoqda
15:08 / 2024-05-17

Shu kunlarda Tatariston poytaxtida “Rossiya – Islom olami: KazanForum-2024” XV Xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur forum biznes dasturi 12 ta tematik yo‘nalishda bo‘lib, bular xalqaro hamkorlik, iqtisodiyot, turizm, biznes, fan va boshqa ijtimoiy sohalarni o‘z ichiga oladi.

Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, forum doirasida Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi ham Turizm sessiyasida “Toshkent – jahon islom madaniyati poytaxti” mavzuida taqdimot qildi.  

Delegatsiya a’zolari Qozon shahrining yetakchi turoperatorlari bilan uchrashib, kelgusida sayyohlik sohasidagi ta’lim va ziyorat turizmini rivojlantirish hamda shaharlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalar bo‘yicha kelishib oldi.  

 

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA