Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Koreyada uchrashuvlar o‘tkazmoqda
19:27 / 2024-06-26

Koreyaga tashrif davomida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi delegatsiyasi vakillari Koreya Milliy muzeyi qoshidagi Ta’lim va madaniy hamkorlik byurosi ijrochi direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar madaniyat muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, O‘zbekiston muzey sara to‘plamlariga mansub ko‘rgazmalarni Koreya Milliy muzeyida o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

O‘zbekiston Koreya Respublikasining Markaziy Osiyodagi strategik hamkori bo‘lib, ikki yil avval o‘zaro samarali hamkorlikning o‘ttiz yilligini nishonlagan.

O‘zA