Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston delegatsiyasi SHHT ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi
11:38 / 2025-07-18

Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasiga Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov rahbarlik qildi.

Yig‘ilish davomida mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, o‘zaro savdo va investitsiya munosabatlarini kengaytirish, shuningdek, raqamli infratuzilmani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Dilshod Rasulov SHHT doirasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Palata tomonidan qator tashabbuslar ilgari surilganini ma’lum qildi.  

Jumladan, SHHT Xalqaro innovatsiya klasterlari dasturini ishlab chiqish – bu hamkorlikda yuqori texnologiyali, ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishni rivojlantirishni maqsad qilishi ta’kidlandi.

"SCO TradeNet" raqamli platformasini yaratish – savdo va logistika sohasini raqamlashtirish va davlatlar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini avtomatlashtirish imkonini beradi. "SCO Business School for SMEs" – kichik va o‘rta biznes uchun o‘quv tarmog‘ini tashkil etish – tadbirkorlar salohiyatini oshirish, bilim va malaka almashishga mo‘ljallangani aytildi.

“SHHT aqlli chegara hududlari” konsepsiyasini ishlab chiqish – chegaradosh hududlarda innovatsion yondashuv asosida iqtisodiy zonalar tashkil etishni o‘z ichiga oladi.

Ushbu tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan aniq loyihalar ustida ish olib borilmoqda.

B.XUDOYBERDIEV,

O‘zA