English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston delegatsiyasi Sharjada
08:20 / 2023-07-29

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Nozimaxon Davletova  boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklariga safari doirasida Sharja Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi hamda shahar politsiyasida oila himoyasiga doir ilg‘or tajriba bilan tanishdi.

“WAM” axborot agentligi xabar berishicha, tashrif chog‘ida delegatsiya Sharja politsiyasi bosh qo‘mondonligi, Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi direktori vazifasini bajaruvchi polkovnik Muhammad Al-G‘azol hamda Ichki ishlar vazirligining ofitser va mas’ul xodimlari bilan uchrashdi.

Vakillarimiz markazning oilaviy masalalarda shaxsni qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni, ishonib topshirilgan ixtisosliklar, jamiyat a’zolariga xizmat ko‘rsatish borasidagi xizmatlar va dasturlari, ilg‘or tajribasi haqidagi ma’lumot bilan tanishdi. Mehmonlarda oila va butun jamiyat himoyasini kafolatlovchi barqaror ijtimoiy rivojlanishga erishishda markaz tomonidan ko‘rib chiqiladigan murojaat turlari va reabilitatsiya usullari katta taassurot qoldirdi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA