O‘zbekiston delegatsiyasi “Russkiy pole – 2025” forumida qatnashdi
Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida seleksiya va urug‘chilik sohasiga bag‘ishlangan “Russkiy pole – 2025” xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning turli mamlakatlari qatorida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Shermuhammad Aminov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ham ishtirok etmoqda.
Forum davomida ular zamonaviy seleksiya yutuqlari, urug‘lik ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha tajriba almashmoqda.




Urug‘chilikni rivojlantirish markazi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur forum O‘zbekiston urug‘chilik sohasini rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Unda o‘rganilayotgan ilg‘or tajribalar kelgusida sifatli urug‘lik yetishtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish va agrar tarmoq samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA