Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston delegatsiyasi Qo‘shilmaslik harakati sammitida ishtirok etdi
11:45 / 2021-10-13

Serbiyaning Belgrad shahrida Qo‘shilmaslik harakatining yubiley sammiti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev boshchilik qildi.

Sammitda Qo‘shilmaslik harakatiga a’zo 120 ga yaqin davlat ishtirok etdi.

Tadbir boshida ishtirokchilar Belgradda tantanali sammit o‘tkazilishini olqishlab, Qo‘shilmaslik harakati davlat va hukumat rahbarlarining birinchi forumi bundan 60 yil avval bo‘lib o‘tganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Harakatning zamonaviy dunyoda davom etayotgan ahamiyati ta’kidlanib, uning tinchlik va xavfsizlik, barqaror rivojlanish hamda inson huquqlarini himoya qilishdagi rolining ortishi muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida ishtirokchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chuqur yangilanishlarning asosiy yo‘nalishlari, hukumat tomonidan barqaror taraqqiyot, global va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilayotgan sa’y -harakatlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘zA