Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston delegatsiyasi Qatar sudi, moliyaviy razvetka xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash markazi bilan tanishdi
12:32 / 2024-01-25

Qatarga tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Qatar Oliy sud kengashi raisi doktor Hassan Laxdan Al Moxannadi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar jinoiy sudlov sohasida milliy tajriba almashib, bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan tanishdi.  

O‘zbekiston tomoni hamkasblariga sud tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tajribasi haqida ma’lumot berdi.  

Shuningdek, Qatar Moliyaviy razvedka xizmati (QFIU) rahbari Shayx Ahmad Al Tani bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda mehmonlar ushbu tashkilotning faoliyati va vazifalari bilan tanishdi.  

Tadbir davomida pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirish kabi og‘ir jinoyatlar xavfini qayd etgan holda, tomonlar jinoyatchilikning ushbu turlariga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorgarligini bildirdi.  

Bundan tashqari, tashrif dasturiga ko‘ra, delegatsiya vakillari Qatar Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurash markazi rahbariyati bilan uchrashdi.  

Markaz rahbari doktor Ali Al-Marri mehmonlarni qutlab, ularni Qatarning korrupsiyaga qarshi kurashish tashkiloti faoliyati bilan tanishtirdi.  

O‘z navbatida, uchrashuv davomida O‘zbekiston tomoni Qatar Amiri Tamim bin Xamad Al Tani tashabbusi va ko‘magida o‘tgan yilning dekabr oyida Toshkent shahrida yuqori darajada o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida Xalqaro mukofotni topshirish, shuningdek, xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlari ramzi bo‘lgan monument ochilishining tantanali marosimlari korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivojlanishiga muhim turtki bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.  

 

N.Abduraimova,  

O‘zA