Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekiston delegatsiyasi Pokiston Prezidenti qabulida
09:39 / 2024-05-10

9-may kuni mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyani Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy qabul qildi.

Vazir Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hamkasbiga samimiy salomlarini yetkazdi. Muzokara chogʻi ikki tomonlama munosabatdagi mavjud foydalanilmagan ulkan salohiyatni roʻyobga chiqarishga qaratilgan ishlar koʻlamini kengaytirish zarurligi maʼqullandi, iqtisodiy diplomatiyadagi muhim imkoniyatlarni koʻrsatuvchi dolzarb mavzular muhokama qilindi. Davlat tashkilotlari va xususiy sektor vakillari oʻrtasida mustahkam hamkorlikni ragʻbatlantirishga kelishildi.