O‘zbekiston delegatsiyasi “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” forumida ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 30 mart kuni “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” muloqotining to‘qqizinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etish uchun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga tashrif buyuradi.
Forumda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish va ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga yordam berish maqsadida xavfsizlikni ta’minlash hamda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, ishtirokchi davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlash choralarini kuchaytirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.