O‘zbekiston delegatsiyasi ochilish marosimiga yo‘l oldi
Toshkent vaqti bilan soat 16:00dan "Tokio–2020" XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi start oladi.
Ayni paytda barcha davlatlar qatori O‘zbekiston delegatsiyasi ham mazkur tadbirga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Marosimda ishtirok etadigan vakillarimiz rasmiy libosda shay bo‘lib turishibdi.

