Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston delegatsiyasi Kobuldagi xalqaro ko‘rgazmada qatnashadi
21:24 / 2025-11-16

Afg‘oniston Savdo va investitsiya palatasi taklifiga binoan 17–23 noyabr kunlari Kobul shahrida “Imom Abu Hanifa — 4-milliy va xalqaro ko‘rgazma va savdo yarmarkasi” tashkil etiladi.

Tadbirda “Made in Uzbekistan” milliy stendi bilan ishtirok etish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov boshchiligida tadbirkorlardan iborat yurtimiz delegatsiyasi ushbu mamlakatga yetib bordi.

Mazkur ko‘rgazmada ishtirok etishdan asosiy maqsad — qishloq xo‘jaligi, konchilik, energetika, ta’lim, qurilish, avtomobilsozlik, sog‘liqni saqlash, turizm, to‘qimachilik va boshqa qator yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini namoyish etishdan iborat.

Ko‘rgazmada besh mingdan ortiq kompaniya – ham ishtirokchi, ham tashrif buyuruvchi sifatida Eron, Qirg‘iz respublikasi, Hindiston kabi mamlakatlardan kelgan tadbirkorlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Narx tendensiyalariga kelganda, ko‘rgazma doirasida maxsus tahlil maydonchasi tashkil etilgan bo‘lib, unda kompaniyalar bozordagi yangi sharoitlar, raqobatchilarning takliflari, o‘rtacha eksport narxlari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar uchun maqbul baholar bo‘yicha ma’lumot almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tadbir doirasida B2B uchrashuvlar ham tashkil etilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes muzokaralar olib borish, yangi sheriklar topish va strategik hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA