Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 75-sessiyasida ishtirok etmoqda
18:30 / 2022-05-23

Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 75-sessiyasida ishtirok etmoqda.

Jenevada bo‘lib o‘tayotgan mazkur assambleyaning ochilish marosimida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori T.Gebreyesus, Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh kotibi A.Guterrish hamda Shveysariya, Fransiya, Xorvatiya, Keniya, Dominikan Respublikasi, Botsvana, Ekvador va Bangladesh davlatlari rahbarlari so‘zga chiqdi.

Vazirlik Matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbirda sog‘liqni saqlash sohasiga daxldor dunyo miqyosidagi global muammolar va ularning yechimiga doir chora-tadbirlar muhokama etilmoqda.

Darvoqe, JSST tizimga yaxlit yondashuv asosida barqaror sog‘liqni saqlash siyosatini ishlab chiquvchi xalqaro tashkilot bo‘lib, umumiy yetakchilikni ta’minlash, standartlarni belgilash va inqiroz davrida sog‘liqni saqlash tadbirlarini muvofiqlashtirish va amalga oshirish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Mamlakatimizda ham koronavirus pandemiyasini jilovlash, unga qarshi kurashda tashkilotning yordami beqiyos.

Mohigul Qosimova, O‘zA