Gruziyada mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi.
Gruziya Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan, Markaziy saylov komissiyasi kotibi, kotibiyat rahbari X.Mamatov, shuningdek, MSK Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori o‘rinbosari K.Arslanova YeXHT DIIHB kuzatuv missiyasi tarkibida saylovlarni monitoring qiladi.
Gruziyada mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovlarda 3 million 497 ming 345 saylovchi ro‘yxatdan o‘tgan.
Aralash tizim asosida o‘tkaziladigan saylovlarda fuqarolar merlarni va mahalliy maslahat organlari – sakrebulo deputatlarini saylaydi. Mamlakatda bu yil birinchi marta ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan saylovchilar soni 39 ming 135 nafarni tashkil qilmoqda.
Saylovlar natijasida 64 sakrebuloda 64 mer va 2 ming 44 deputat o‘z lavozimlarini egallaydi.
N.Nasriyev,
O‘zA