Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston bo‘yicha Turkiy kengash Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etadi
23:50 / 2021-09-26

2021 yil 27-28 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston bo‘yicha Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Uchrashuv davomida xavfsizlik va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berildi.

O‘zA