English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Kar’era kuni” tashkil etildi
12:26 / 2025-05-21

Ma’lumki, Respublikamizda oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ayniqsa, universitet bitiruvchilarining bandligini ta’minlash maqsadida ish beruvchilarni jalb qilish amaliyotiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘lkamizda xoreograf kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni bosqichma-bosqich qondirish hamda sohaviy kadrlarni, asosan talaba-yoshlarni mehnat bozorida o‘z o‘rinlariga mustahkam ega bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida talabalar uchun “Kar’era kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda turli tashkilot va muassasalar o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan o‘rtoqlashdi. 

– Mamlakatimizda zamonaviy mehnat bozorini rivojlantirish, yangi ish joylarini barpo etish va yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan, -dedi mazkur akademiyaning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sobir Jumayev. – Bugungi “Karera kuni”da talabalarimizga 300 ga yaqin tashkilotlardan kelgan vakillar ish taklif qilishdi. Bu albatta quvonarli hol. 

O‘tkaziladigan bu turdagi tadbirlardan tashqari fuqarolarni xususan, yoshlarni o‘z sohalari bo‘yicha mavjud ish o‘rinlarini mustaqil izlab topishi hamda ishga joylashish jarayonlarini yanada soddalashtirish maqsadida ish2.mehnat.uz kabi platformalar ishga tushirilgan. Ushbu platformalarda yurtimizdagi barcha tashkilot va muassasalarning vakant (bo‘sh) joylari o‘rin olgan bo‘lib, bu yoshlarga ish topish va mehnat faoliyatini olib borishlari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.

Tadbir doirasida ish beruvchi vazirlik, idora, korxona va tashkilotlar tomonidan mavjud vakansiyalar bo‘yicha axborotlar taqdim etildi. Shu bilan birga, akademiya joriy o‘quv yilida bitirayotgan talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ish beruvchilar e’tiboriga havola qildi. Yig‘in davomida turli tashkilotlar vakillari ishtirokida “Mahorat darslari” ham tashkil etildi.

M.Sayfullayev, O‘zA