Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
14:45 / 2023-11-02

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hududiy bo‘linmalari jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

Ko‘rik-tanlovda mamlakatimizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi filarmoniyalari hududiy bo‘limlari ijodiy jamoalari ishtirok etdi.

Viloyat hokimligida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, viloyat hokimi o‘rinbosari Akmal Savurboyev ishtirok etdi.

Dastlab ko‘rik-tanlovda alohida e’tirof etilgan jamoalar turli nominatsiyalar bilan taqdirlandi. Xususan, Farg‘ona viloyati vakillari “Vatanni madh etgan eng yaxshi jamoa”, Buxoro viloyati jamoasi “Eng yaxshi ommaviy raqs ijro etgan jamoa”, Samarqand vakillari “Eng yaxshi badiiy jamoa”, Andijon jamoasi “Eng yaxshi an’anaviy ijro etgan jamoa” hamda Jizzax vakillari “Eng yaxshi sozandalar jamoasi” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. 

[gallery-14354]

Hakamlar hay’atining kuzatuvlari va tomoshabinlarning qo‘llab-quvvatlashiga ko‘ra, Namangan viloyati vakillari birinchi, farg‘onalik san’atkorlar ikkinchi, Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi jamoalari uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/tz0cNto6BbQ" title="Ўзбекистон давлат филармонияси кўрик-танлови ғолиблари тақдирланди" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

G‘oliblar diplom hamda 100 million so‘mdan 400 million so‘mgacha bo‘lgan pul mukofoti bilan taqdirlandi. Qolgan barcha jamoalarga viloyat hokimligi va tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, Jizzax viloyati hokimligiga yuksak darajadagi tashkilotchiligi uchun Madaniyat vazirligining esdalik sovg‘asi taqdim etildi.

O‘zA fotomuxbiri
Jamshid Yorbekov olgan suratlar