Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Chexiya: mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlik kengaymoqda
09:10 / 2026-03-08

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor Elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashdi.

Muloqot davomida Chexiya mehnat bozori uchun O‘zbekistonda malakali kadrlar tayyorlash va tashkiliy mehnat migratsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ayniqsa tibbiyot sohasi mutaxassislari — hamshiralar, qariyalarni parvarishlovchi xodimlar tayyorlash imkoniyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lum qilinishicha, Pragada har yili 150 nafar mamlakatimiz fuqarosi uchun mehnat vizasi kvotasi ajratiladi.

Hamkor tomon tibbiyot mutaxassislarini xorijda ishlashga tayyorlash bo‘yicha Toshkentdagi o‘quv kurslari faoliyati bilan tanishishga qiziqish bildirdi. Ushbu yo‘nalishda amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

G.Sattorova, O‘zA