English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston chempionlari aniqlandi
09:40 / 2023-05-28

Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stables” majmuasida bolalar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida ot yo‘rttirish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Qiziqarli bellashuvlarda yurtimizning turli hududlaridan kelgan yosh chavandozlar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Musobaqa yakunida barcha yosh toifalarida mutlaq chempionlar nomi ma’lum bo‘ldi. Bolalar o‘rtasida Naerin Talipova, o‘smirlar toifasida Kseniya Rahmatullayeva hamda yoshlar o‘rtasida Feliks Nuritdinov bosh sovrinni qo‘lga kiritdi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.  

T.RO‘ZIEV, O‘zA