Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston chempionatining 5-turidan fotoreportaj
13:03 / 2024-02-26

Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari davom etmoqda. Mucobaqada 239 nafar ishtirokchi shaxmatning standart, rapid va blis yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqda.

Chempionatning standart yo‘nalishida 5 ta tur o‘ynaldi. Natijalar ko‘ra, Farzonabonu Bozorova, Husnoraxon Husnitdinova, Mohinur Hikmatxonova, Dilnoza Nurullayeva, Sarvinoz Bekmuratova, E’zozaxon Hasanova, Bahodir Erkinov, Sayfiddin Erkinboyev, Hasan Akramov, Biloliddin Obidov kabi yosh sportchilar o‘z guruhlarida peshqadamlik qilmoqda.

Standart yo‘nalishidagi bahslar 29-fevralga qadar davom etadi. Shundan so‘ng, yosh shaxmatchilar rapid (1-mart) hamda blis (2-mart) yo‘nalishlarida kurashni davom ettiradi.

2-mart kuni g‘olib va sovrindorlar taqdirlanadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA