Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston chempionatida Bahodir Jalolov maktabi tarbiyalanuvchilari g‘oliblikka erishdi
11:44 / 2024-03-04

Andijon shahrida boks bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi o‘quvchi-sportchilari munosib natijalarga erishdi.

Aytish lozim, bundan ikki yil muqaddam davlatimiz rahbarining tegishli qarori qabul qilinishi natijasida mamlakatimiz sportiga yangi nomlarning kirib kelishiga zamin yaratildi. 

Bu, Andijonda tashkil etilgan mamlakat birinchiligida o‘z samarasini berdi. Chempionatda Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi o‘quvchi-sportchilarining 5 nafari g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy egallashi, ularning 2 nafari oltin, 1 nafari kumush, 2 nafari bronza medalini qo‘lga kiritishi o‘zbek boksida Jalolovning munosib izdoshlari bo‘y ko‘rsatayotganidan. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA