English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston chempionati: bugun 51 ta juftlik ringga ko‘tariladi
11:09 / 2026-01-16

Poytaxtimizdagi "Olimpiya shaharchasi"da boks bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tayotgan O‘zbekiston chempionatining birinchi kungi janglari ortda qoldi.

198 nafar yigit, 80 nafar bokschi xotin-qiz qatnashayotgan chempionatning ilk kunida 42 juftlik jangining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

Bugun, 16 yanvar kuni chempionatning ikkinchi kungi bahslarida bokschi yigitlar -50, -55, -65, -75, -80, -90, +90 kilogramm vazndagi saralash janglarida ishtirok etadi. Kun davomida boks muxlislari 51 ta juftlik qarama-qarshiligidagi bahslarga guvoh bo‘ladi.

"Los-Anjeles-2028" sari yo‘l shu yerdan boshlanadi" shiori ostida o‘tayotgan chempionatning saralash musobaqalari 17 yanvarga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizning eng kuchli charm qo‘lqop ustalari qatnashayotgan chempionatning yarim final va final janglari 21-22 mart kunlari "Zo‘r TV"ning "Renessans xoll" arenasida tashkil etiladi.

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA