Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«O‘zbekiston – buyuk ipak yo‘lining marvaridi»
11:38 / 2021-08-20

Yangi kitoblar

Burxanettin Jarlak Gollandiyada yashab ijod qilayotgan turk jurnalisti. Turkiyaning Kayseri viloyatidan.  U O‘zbekistonga qilgan sayyohati taassurotlari va do‘stlarining O‘zbekiston haqida ko‘rgan-bilganlarini jamlab golland tilida «O‘zbekiston – buyuk ipak yo‘lining marvaridi» deb nomlangan kitob yozib, nashrdan chiqardi.

O‘zbekistonning Bryusseldagi elchixonasida ushbu kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu kitobning sotilishidan tushgan mablag‘ni o‘zbekistonlik talabalarga  yordam tariqasida sarflashni niyat qilgan muallif yaqinda uning yozilishida hissa qo‘shgan insonlar bilan O‘zbekistonga kelishni mo‘ljallamoqda.

–Ushbu kitobni chiqarishdan asosiy maqsadim Gollandiyada O‘zbekiston haqida muayyan tasavvur uyg‘otish, uning boy tarixi, milliy qadriyatlari,sayyohlik imkoniyatlarini targ‘ib qilishdir, – deydi Burxanettin Jarlak. – Shu bois unda O‘zbekistonning muhim turistik manzillari haqida  kengroq ma’lumot berishga harakat qildik.O‘zbekiston o‘zining madaniy va tabiiy boyliklari, go‘zalliklari, so‘nggi yillarda amalga oshirayotgan jamiyatni demokratlashish bilan bog‘liq keng  ko‘lamli islohotlari bilan O‘rta Osiyoning yulduziga aylanishi, shubhasiz, deb o‘ylayman. Ayni paytda nafaqat Turkiya, balki Gollandiya va Belgiyada ham O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish yuqori darajada. O‘zbekistonga ilk marotaba 2008 yilda Gollandiya televideniyesi uchun mamlakatingiz haqida ham ko‘rsatuv, ham hujjatli film  olish uchun kelgandim.  

Burxanettin Jarlakning «O‘zbekiston – buyuk ipak yo‘lining marvaridi» kitobi 170 sahifadan iborat. Kitob hazrat Alisher Navoiy she’ri bilan boshlanib, shoir she’ri bilan yakunlanadi.

 Kitobdan Abdulvahid Van Bommelining tarixiy va madaniy istiqbollar xususidagi kirish so‘zi, belgiyalik jurnalist-yozuvchi Djon Reynxard va sayyoh hamda yozuvchi Marleyen Tutenelning «o‘zbek to‘ylari» borasidagi taassurotlari o‘rin olgan,

 Shuningdek, jamoat arbobi Remko Reydingning Amersfordda shahid bo‘lgan 101 ismsiz o‘zbek askarlari, Amsterdam universiteti professori Laszlo Marakzining sayyoh Armin Vamberi haqidagi maqolalari kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otadi.

    Saxin oliy o‘kuv yurtidan Floor Xerbinkning sayohat kundaligi, qog‘oz ishlab chiqaruvchi Leo Xoyegening o‘zbek qog‘oz ishlab chiqarish an’analari,  O‘zbekistonning Benilyuksdagi elchisi Diyor Hakimovning «O‘zbekistonning tijoriy salohiyati» nomli maqolasi, shuningdek, O‘zbekiston turizm va sport vazirligining « O‘zbekistonga kelish uchun 12 sabab» nomli maqolasi golland o‘quvchilarini befarq qoldirmaydi.

“Bu kamtarona mehnatimni O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlayman”, deydi Burxanettin Jarlak.

 

Ismat Xudoyorov, O‘zA