French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Buyuk ipak yo‘li marjoni
09:56 / 2022-03-20

Daniya qirolligining Orxus shahrida shu mavzuda fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda.

Unda hamyurtimiz, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, iste’dodli fotorassom Husniddin Ato tomonidan ishlangan 60 dan ziyod  fotosurat namoyish etilmoqda.

Fotosuratlarda yurtimizning qadimiy an’ana va qadriyatlari, Buxoro, Samarqand va Xiva obidalari, milliy amaliy san’at, hunarmandchilik namunalari, o‘zbek taomlari aks ettirilgan.

Fotoko‘rgazmaga tashrif buyurganlar ekspozitsiyani tomosha qilib,  O‘zbekistonga xayolan sayohat qilgandek bo‘ladi.

Badiiy akademiya matbuot xizmatiga ko‘ra, ko‘rgazmaning ochilishida loyiha koordinatorlari va fotorassom tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekiston haqida batafsil so‘zlab berildi. Shuningdek, marosimga kelganlar o‘zbek milliy taomlari – patir, lochira nonlari, ko‘k chuchvaralar, Rishton sopol idishlaridagi shirinliklardan bahramand bo‘lishdi.

Orxusdagi o‘zbek dizayneri, uyushma faol a’zosi Zulfizar Ahmedova ipak atlas haqida suhbatlashib, tikkan adras liboslari bilan ham tanishdilar.

Ushbu fotoko‘rgazmaning asosiy maqsadi yurtimiz boy madaniyatini dunyoga tanitish, Daniyada istiqomat etayotgan o‘zbek farzandlarining ona yurti haqidagi bilimlarini boyitish, yurtimiz turistik salohiyatini kengroq namoyish etishdan iboratdir.

Fotorassom Husniddin Ato Belgiya, Ispaniya, Latviya, Eron va Yaponiya kabi mamlakatlarda ham shaxsiy fotoko‘rgazmalarini taqdim etgan edi.

N.Usmonova, O‘zA