Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston - Braziliya munosabatlari va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
09:43 / 2025-12-12

Oliy Majlis Senatiga Braziliya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Syuzan Kleyebank tashrif buyurdi.

Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bilan uchrashuvda O‘zbekiston - Braziliya munosabatlari va parlamentlararo hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiy rivojlanish, investitsiya muhiti va kadrlar salohiyati yuqori baholandi.

Siyosiy maslahatlashuvlar, savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalar va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamohanglik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Oliy Majlisda tashkil etilgan Braziliya bilan parlamentlararo do‘stlik guruhi faoliyati va Braziliya parlamentida O‘zbekiston bilan do‘stlik guruhini tashkil etish uchun hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida parlamentlararo hamkorlikni yanada faollashtirish, parlament a’zolari o‘rtasida onlayn uchrashuvlar tashkil etish hamda Braziliya Milliy kongressi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.

N.Abduraimova,

O‘zA