Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston bozorida ishlashga tayyor bo‘lgan yirik xorijiy banklarga keng imkoniyatlar yaratiladi
12:09 / 2021-08-20

Prezidentimizning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.

–Tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasi va kreditlarning maqbul foiz stavkalarini shakllantirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish talab etiladi, – dedi Davlatimiz rahbari. – Birinchidan, banklarning kapitalini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar ishga solinadi. Buning uchun kelgusi yilda banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan bozor tamoyillari asosida qo‘shimcha 600 million dollar ajratiladi.

Bu mablag‘lar tanlov asosida ham davlat, ham xususiy banklarga joylashtiriladi. Qaysi bank eng yaxshi biznes reja,  qaytimi yuqori va eng ko‘p ish o‘rni yaratadigan loyihalarni taqdim qilsa, ushbu mablag‘lar shu banklarga ajratiladi.

Ikkinchidan, yuqoridagi mablag‘larni jalb qilmoqchi bo‘lgan  bankning o‘zi ham, tashqi va ichki moliya bozorlaridan  kamida 30 foiz qo‘shimcha resurslar jalb qiladi.  

Jumladan,  banklar tomonidan kelgusi yili xalqaro moliya bozorlarida 5 trillion so‘mlik milliy valyutada yevrobondlar chiqariladi. O‘zbekiston bozorida ishlashga tayyor bo‘lgan,  zamonaviy texnologiyalarga ega, yirik xorijiy banklarni kirib kelishiga keng imkoniyatlar yaratiladi.

Muloqot davom etmoqda.

 

O‘zA