Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi yopiq kortlarida “Devis kubogi”ning I Jahon guruhi uchun pley-off bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Bosniya va Gersegovina terma jamoalari bahsida ilk kungi uchrashuvlar yakunlandi.
Terma jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi bahsda hamyurtimiz Sergey Fomin va mehmonlarning birinchi raqamli tennischisi Damir Jumhur to‘qnash keldi. Ushbu o‘yinda D.Jumhur 7:6, 6:3 hisobida zafar quchdi.
[gallery-21541]
Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoalarning birinchi to‘qnashuvi Humoyun Sultonov – Mirza Bashich o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz 6:4, 3:6, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, O‘zbekiston - Bosniya va Gersegovina terma jamoalari bahsida umumiy hisob 1:1 ko‘rinishini oldi.
Ertaga juftlik bahslarida S.Fomin / H.Sultonov tandemi M.Bashich / N.Fatich duetiga qarshi ko‘rtga chiqadi.
Yakkalik bellashuvlarda esa Humoyun Sultonov – Damir Jumhur, Sergey Fomin – Mirza Bashich uchrashuviga guvoh bo‘lamiz.
Javohir Toshxo‘jayev, Alimurod Mamadaminov (surat), O‘zA