Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va AQSH Federal tergov byurosi o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda
14:04 / 2023-08-19

AQSH Federal tergov byurosining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya AQSHga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif doirasida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi delegatsiyasi va AQSH FTB rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Konstruktiv muloqot davomida tomonlar huquqiy hamkorlik masalalari, shuningdek, ikki davlat idoralari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Tadbir doirasida 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Tomonlar mazkur hujjat shakllangan idoralararo hamkorlikni mustahkamlashda yangi turtki bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Delegatsiya a’zolari safar doirasida Federal tergov byurosining Milliy akademiyasiga tashrif buyurdi. 

Akademiya rahbariyati bilan uchrashuv asnosida delegatsiya a’zolari ta’lim muassasasi faoliyati hamda o‘qitish tizimi va usullarining xususiyatlari bilan yaqindan tanishdi. 
Xususan, Amerika tomoni ta’limni modernizatsiya qilishning asosiy yo‘llaridan biri bo‘lgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish borasidagi tajribasi bilan tanishtirdi.

Tadbir yakunida tomonlar kadrlar salohiyatini oshirish sohasida hamkorlikni kengaytirish, xususan, O‘zbekiston Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va AQSH Federel tergov byurosi akademiyasi o‘rtasida kelgusida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish to‘g‘risida kelishib oldi.

N.Abduraimova, O‘zA