Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston bolalar tashkiloti raisi jizzaxlik yoshlar bilan uchrashdi
15:27 / 2024-11-01

FOTOREPORTAJ

Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston bolalar tashkiloti Boshqaruv kengashi raisi Hasanboy Nabiyevning jizzaxlik yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.   

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yurtimizda o‘quvchi-yoshlarning bilim olishi, iqtidor va salohiyatini to‘laqonli namoyon etishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilayotgani xususida so‘z yuritildi. Tashabbuskor va bilimga chanqoq yoshlar doim qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi. 

Shundan so‘ng, O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan vatanparvar, tashabbuskor va jasoratli bolalarni bir jamoada jamlashni maqsad qilgan “Bolalar harakati” sardorlari saylovi bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.

[gallery-20138]

Bolalar tashkiloti raisi yoshlarning taklif va tashabbuslarini tinglab, ularni qo‘llab-quvvatladi.

Boshqaruv kengashi raisining yoshlar bilan uchrashuvi hududlarda davom etmoqda.  

Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA