O‘zbekiston - BMT: hamkorlik izchil davom etmoqda (+video)
Bugun poytaxtimizda Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) mamlakatimizdagi koordinatori hamkorligida “BMT shartnomaviy organlariga muqobil hisobotlar tayyorlashning dolzarb masalalari” mavzusida uch kunlik seminar-trening boshlandi.
Mazkur tadbirda inson huquqlari sohasida faoliyat yurituvchi davlat tashkilotlari, nodavlat notijorat uyushmalar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etmoqda.
O‘quv mashg‘uloti davomida BMTning Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha quyi qo‘mitasi a’zosi, britaniyalik xalqaro ekspert Yelina Steynerte hamda ispaniyalik taniqli tahlilchi Azamat Shambulov ishtirokchilarga interaktiv usulda nazariy va amaliy bilimlar berishmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3Qp9DGoQP0c" title="O‘zbekiston - BMT: hamkorlik izchil davom etmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo,
Abror Sodiqov (video), O‘zA