Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – BMT: Barqaror rivojlanish yo‘lidagi strategik hamkorlik (+video)
17:30 / 2025-08-29

Diyorimiz mustaqillikka erishgan ilk kunlardan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikni o‘z tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab kelmoqda.

Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar bugunga kelib nafaqat siyosiy muloqot, balki iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik yo‘nalishlarda ham keng qamrovli hamkorlikni o‘z ichiga oladi. 

Xususan, Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, inson huquqlarini mustahkamlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi qo‘shma dasturlar samarali natijalar bermoqda, deyish mumkin.

Shu ma’noda, Istiqlol bayrami arafasida BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabina Mahl xonim bilan o‘tkazgan suhbatimiz hamkorlikning yangi qirralarini ochib berdi.

– Xalqaro tashkilot sifatida biz ham O‘zbekistonda olib borilayotgan insonparvar islohotlarga katta e’tibor qaratmoqdamiz, -dedi Sabina xonim suhbat davomida. – Bu Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘la mos keladi, chunki ularning markazida inson manfaatlari turadi. 

Suhbatni O‘zAning “You Tube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oL2IGuynNqU" title="O‘zbekiston– BMT: Barqaror rivojlanish yo‘lidagi strategik hamkorlik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo, 

Yoqub Meliboyev (video), O‘zA