Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston - Belarus: oliy ta’limdagi hamkorlik rivojlanadi
10:16 / 2024-02-10

Samarqand davlat universitetiga Belarus Respublikasi ta’lim vaziri Andrey Ivanets boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Universitet rektori Rustam Xolmurodov bilan uchrashuvda ta’lim, amaliy va fundamental tadqiqotlar yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Mehmonlarga ta’lim muassasasidagi o‘quv jarayonlari va ilmiy tadqiqotlar, dunyodagi nufuzli universitetlar bilan yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Delegatsiya tarkibidagi Belarus Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov va Brest davlat universiteti rektori Yuriy Golubev o‘zaro hamkorlik shartnomasini imzoladi.

G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri