Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Belarus: hamkorlikning yangi bosqichi
18:09 / 2024-02-06

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Belaruso‘rtasidagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Ayniqsa, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Buning natijasi oʻlaroq, qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi sheriklikni yanada mustahkamlash, samarali kelishuvlarga erishish maqsadida BelarusQishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vazirligi delegatsiyasi Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.

Bugun mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Belarusqishloq xoʻjaligi va oziq ovqat vaziri Sergey Bartosh boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqot davomida oʻzaro yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari turini koʻpaytirish, goʻsht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik va veterinariya, qishloq xoʻjaligi fanlari sohasida hamkorlikni rivojlantirishning yangi bosqichlari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida mehmonlar Toshkent davlat agrar universitetida ham boʻlib, dastlab doktorantlar, ilmiy xodimlar hamda iqtidorli talabalar ishlanmalari, kashfiyotlari aks etgan koʻrgazma bilan tanishdi.

Universitet ilmiy xodimlari tomonidan yaratilgan limon, buta mevasi (golubika), yejevikaning yangi navlari hosildorligi, yuqori sifati hamda eksportbopligi xususida hamkorlarimiz bilan fikr almashildi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini mikrobiologik tahlil qilish laboratoriyasi faoliyati,talabalarning amaliy dars jarayonida mevadan sharbat ajratib olish va mevani quritish usullari Belarus vakillarida jiddiy qiziqish uygʻotdi.

Jumladan, tajriba sinov laboratoriyasi hamda Zooinjeneriya fakultetida maxsus chip oʻrnatilgan asalari uyasining oʻziga xosligi, doimiy kuzatib borish, haroratni muntazam nazorat qilish orqali asalarini sovuqdan asrash imkonini beruvchi innovatsion yechim delegatsiya aʼzolari eʼtirofiga sazovor boʻldi.

M.Pirmatova,

OʻzA