Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston bayrog‘i – ko‘p asrlik tariximiz ko‘zgusi
15:44 / 2025-11-18

FOTOREPORTAJ

Yangi Namangan tumanidagi 60-umumta’lim maktabida “Kelajak soati” loyihasi doirasida 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab “O‘zbekiston bayrog‘i” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy dars o‘tkazildi.  

Mashg‘ulotda viloyat hokimi o‘rinbosari O. Bozorov hamda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov ishtirok etib, davlat bayrog‘ining davlat ramzi sifatidagi o‘rni, unda aks etgan ranglar, ularning mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritdi. Davlat bayrog‘i xalqimizning ko‘p asrlik tarixiy an’analari, boy ma’naviy merosi, milliy o‘zlik va mustaqillik g‘oyalarini mujassam etuvchi yuksak timsol ekanini ta’kidladi.  

Shuningdek, tadbirda 20 noyabr – Jahon bolalar kuni munosabati bilan bola huquqlarini himoya qilish, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya tamoyillarining mazmun-mohiyati, mazkur hujjatning global rivojlanish maqsadlari bilan uzviy bog‘liqligi haqida ma’lumotlar berildi.  

[gallery-26302]

O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha mutasaddilardan javob oldi. Shuningdek, ular tarixiy davrlarda qo‘llanilgan davlat bayroqlari haqidagi qiziqarli faktlarga ega bo‘ldi.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA