Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston bayrog‘i faxrimiz, g‘ururimiz (+video)
15:57 / 2024-02-21

O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘rganda qalbimizda faxr, iftixor tuyg‘ulari jo‘sh uradi. Qalbimizda allanechuk iliq tuyg‘ular jo‘sh urib, shunday go‘zal, buyuk tarixga ega davlatning fuqarosi ekanligimizdan g‘ururlanamiz.

Vatan timsollari barchamiz uchun muqaddas. Bizning Ona Vatanga, shu muqaddas tuproqqa bo‘lgan muhabbatimiz milliy ramzlarga bo‘lgan munosabatimiz orqali ham shakllanadi. Shu bois ham davlatimiz bayrog‘i har birimizga kuch – qudrat bag‘ishlaydi, ezgu maqsadlarga chorlaydi. 

Jonajon O‘zbekistonimizning jahon maydonidagi nufuzi tobora oshib bormoqda. Ayniqsa, madaniyat, sport va ilm-fan sohalarida katta g‘alabalarga erishib, O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i jahon uzra hilpirab turishi bizga g‘urur bag‘ishlaydi. Prezidentimiz tomonidan 2023 yil 7 iyulda “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun imzolandi. Mazkur hujjat bilan endilikda bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolar va boshqa ob’ektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek, ularga tutash bo‘lgan hududlarda, transport vositalarining salonida, sport musobaqalarida, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarini nishonlashda, davlat arboblari, harbiy xizmatchilarning dafn marosimlarida, xalqaro sport musobaqalari hamda O‘zbekiston chempionatlari uchun sport kiyim-boshini tayyorlashda foydalanishga ruxsat berildi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/B9eIjfYsSHE" title="O‘zbekiston bayrog‘i faxrimiz, g‘ururimiz" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Farg‘ona viloyatida ham bugungi kunda ko‘plab oilalar o‘z xonadonlariga davlat bayrog‘ini o‘rnatib, mehr – muhabbatini bildirmoqda. Farg‘ona shahar “Ibrat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Sirojiddin ota Xoldorov 75 yoshda. Harbiy uchuvchi bo‘lgan bu inson yurtga sadoqat bilan xizmat qilib, bugungi kunda shukronalik bilan keksalik gashtini surmoqda. Davlat bayrog‘ini xonadoniga o‘rnatib, farzandlari, nevara va evaralari, qolaversa mahalladoshlari qalbiga vatanparvarlik, yurtiga sadoqat tuyg‘ularini undirmoqda. 

–Bayroq bu har bir davlatning ramzi, yuragi hisoblanadi, – deydi otaxon. – Har bir inson bayroqni uyining to‘riga yoki darvozasi peshtoqiga o‘rnatib, unga qaraganda yuragi shuvullashini his qilishi kerak. Biz haqiqiy buyuk millatmiz. Bundan keyin ham buyukligimiz saqlashimiz, davlatimiz ramzlari, jumladan, bayrog‘imizga bo‘lgan mehrimizni oshirishimiz kerak. U bilan g‘ururlanishimiz, kerak bo‘lsa u uchun jon berishga tayyor bo‘lishimiz kerak. 

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri