Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – baxtiyor bolalar mamlakati (+video)
16:14 / 2025-06-02

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazi futbol maydonida “Yangi O‘zbekiston – baxtiyor bolalar mamlakati” shiori ostida harbiy xizmatchilarning farzandlari o‘rtasida “Milliy gvardiya kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqa Prezidentimiz rahbarligida 2025 yil 15 may kuni bo‘lib o‘tgan maktab ta’limi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida e’lon qilingan “Dolzarb 90 kun” dasturi asosida bo‘lib o‘tdi.  

— Ushbu dastur doirasida 1 iyundan 30 avgustgacha maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib boriladi. Mazkur futbol musobaqasi esa ushbu chora-tadbirlarning mantiqiy davomidir, — deydi Milliy gvardiya ofitseri Shahboz Mirzayev.

Futbol musobaqasi ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqichda poytaxtimiz va unga tutash bo‘lgan harbiy qismlardagi shaxsiy tarkib farzandlari o‘rtasida eng yaxshi jamoalar saralab olindi.

Ikkinchi bosqich poytaxtimizdagi Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazi futbol maydonida tashkil etildi. Unda 8 ta jamoa 8 nafardan bola bilan ishtirok etdi. 2 kun davomida bo‘lib o‘tgan bahslarda barcha jamoalarning bolalari qaysidir jihatdan kuchli ekanini amalda ko‘rsatib berishdi. 

Umumiy olganda ikki bosqichda 300dan ortiq bolalar musobaqalarga qamrab olindi. Yakunda “Paxtakor” va “Qalqon” jamoalari finalda kuch sinashdi. Bolajonlarga xos quvonchlarga boy bo‘lib o‘tgan bahsda 3:0 hisobida “Qalqon” jamoasi g‘alaba qozondi. 3-o‘ringa esa Milliy gvardiya Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi jamoasi sazovor bo‘ldi.  

Musobaqada g‘olib bo‘lgan jamoalar va nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan bolalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal, kubok va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bu kabi tadbirlar Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari tomonidan respublikamizning barcha viloyatlarida yoshlarning ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida muntazam o‘tkaziladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ddIPcEvjPZs" title="Oʻzbekiston – baxtiyor bolalar mamlakati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, O‘zA