English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston basketbolchi qizlari Osiyoda yetakchi, ammo...
18:11 / 2022-03-27

Qatarda basketbolning 3x3 yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi yo‘llanmasi uchun Osiyo mintaqasining saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda ayollar jamoamiz finalgacha yetib bordi.

Xabar berganimizdek, guruh bosqichida dastlab Qozog‘iston jamoasini 14:13, Shri-Lankani 16:9 hisobida mag‘lub etgan Aliya Samatova, Yelena Husniddinova, Kristina Avdeyeva va Natalya Konevadan iborat O‘zbekiston ayollar jamoasi jahon kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun yarim finalda eronlik raqibalarini 21:11 hisobida dog‘da qoldirdi.

Biroq, final bahsida hamyurtlarimiz Yangi Zelandiya jamoasiga 12:19 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va Belgiyada o‘tadigan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

Yurtimiz basketbolchi qizlari Osiyoning kuchli jamoalari orasida yetakchi bo‘lishi, faqatgina Okeaniya vakillariga finalda imkoniyatni boy berishi terma jamoamiz uchun joriy yil Xitoyda o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlari oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik turniri bo‘ldi.

Mazkur saralashning erkaklar o‘rtasidagi bahsida ham Yangi Zelandiya jamoasi finalda eronlik raqiblarini 21:20 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionati yo‘llanmasi sohiblari bo‘lishdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA