Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston — Bahrayn munosabatlari yuqori baholandi
18:29 / 2025-07-10

"Al-ayam" nashri yozishicha, Bahrayn Podshohligi ichki ishlar vaziri general-leytenant Shayx Rashid bin Abdulloh Al-Xalifa O‘zbekiston Respublikasining Bahrayndagi elchisi etib tayinlangan, Ar-Riyod shahrida faoliyat yuritayotgan Nodirjon Turg‘unovni qabul qilgan.

Mezbon mulozim elchimizni qutlarkan, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatni yuqori baholab, hamkorlik ko‘lamini kengaytirish va turli sohalarda tajriba almashish muhimligini ta’kidlagan.

Suhbat chog‘ida, xususan, xavfsizlik yo‘nalishidagi qo‘shma dasturlar va umumiy sa’y-harakatlarni rivojlantirishga doir qator mavzular muhokama qilingan.

M.Pirmatova, O‘zA