Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston - bag‘rikeng diyor
12:54 / 2024-08-04

Yurtimizda o‘tkazilayotgan do‘stlik festivali doirasida Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Samarqand shahridagi “Do‘stlik uyi”da tashkil etilgan shunday uchrashuvda viloyatda millatlararo totuvlik, do‘stlik va bag‘rikenglikni  ta’minlashga hissa qo‘shib kelayotgan davlat organlari, jamoat birlashmalari, milliy madaniy markazlar vakillari ishtirok etdi.  

Ularga viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

- Viloyatimizda turli millat vakillari bir oiladek ahil-inoq yashab kelmoqda, - deydi “Samarkandskiy vestnik” gazetasi muxbiri Rim Mustakimov. - Mana bu “Do‘stlik uyi” ham ana shu bag‘rikenglikning bir namunasi. Ayni paytda bu yerda viloyatimizdagi o‘ndan ortiq milliy madaniyat markazi, bir qator nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari faoliyat olib bormoqda. Uch tilda viloyat gazetalari nashr etilyapti, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar efirga uzatilmoqda. Bu albatta davlatimizning tolerantlikka asoslangan siyosati natijasidir.

Festival doirasida Samarqand shahridagi "Nurafshon" madaniyat saroyida bayram konserti o‘tkazildi. Unda viloyatdagi milliy madaniyat markazlar qoshidagi ansambllar tomonidan ku-qo‘shiqlar ijro etildi.

G‘.Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari