O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Oliy va o‘rta maxsus, Xalq ta’limi vazirliklari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining hamkorlikdagi qaroriga asosan, “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning samarali mexanizmlarini shakllantirish” loyihasi doirasida tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Tadbirkorlar va hunarmandlar markazida ana shunday tadbirlardan biri – “O‘zbekiston ─ bag‘ri keng diyor” shiori ostida ko‘rgazma tashkil etildi.
Unda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi Isfandiyor Latipov ko‘pmillatli yurtda amalga oshirilayotgan islohotlar, har bir millat vakillari uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirdi.
Ko‘rgazma davomida sog‘lom turmush tarziga amal qilishga oid chiqishlar namoyish etildi. Milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Ko‘rgazma “Ogohlik, hushyorlik ─ davr talabi”, “Ekstremizm, terrorizm va missonerlik ─ ofat” mavzulariga bag‘ishlandi. Viloyatda faoliyat olib borayotgan milliy-madaniy markazlar tomonidan tayyorlangan koreys, rus, qozoq, qirg‘iz, ozarbayjon, turk, turkman, tojik xalqlarining milliy taomlari, iqtidorli yoshlar tomonidan robototexnika buyumlari namoyish etildi.
Ko‘rgazma “Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi ─ oliy ne’mat” deb nomlangan konsert bilan yakunlandi.
Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat), O‘zA