Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O'zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi: sarhisob va rejalar
10:13 / 2021-11-12

O'zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limida joriy yilning ӯtgan oylari mobaynida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan tadbir bӯlib ӯtdi.

Ta’kidlanganidek, bӯlim tomonidan joriy yilning ӯtgan davrida 120 ga yaqin, jumladan, 43 ta kӯrgazma, 22 ta mahorat darsi, 10 ta plener, 45 ta uchrashuv hamda boshqa turli mavzudagi tadbir ӯtkazildi. Bu ӯtgan yilning shu davriga nisbatan ancha kӯp ekanligini kӯrsatadi.

Joriy “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da yosh rassomlar Polatjon Abdreymov, Salamat Babajanov va Qozoqboy Xojamuratovning shaxsiy ko‘rgazmalari tashkil etildi. Bundan tashqari, Ajiniyoz Xudaybergenov hamda Polatjon Abdreymov xalqaro “Turon” mukofoti bilan, taniqli rassom Abdulla Radjapov “Mehrat faxriysi” kӯkrak nishoni,  Barliqboy Aytmuratov “Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq rassomi”, haykaltarosh Dariboy Tajimuratov “Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at arbobi” faxriy unvonlari bilan taqdirlandi.  

Tadbirda qӯlga kiritilgan yutuqlar bilan birga kelgusidagi vazifalar ham belgilandi. Jumladan ishtirokchilar tomonidan rassomlar ijod uyi hamda markaziy ustaxona tashkil etish, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari tӯg‘risida risola va plakatlar chop etish kabi qator takliflar bildirildi.  

Tadbir yakunida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zoligiga nomzod yoshlar tanishtirildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA