Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – BAA munosabatlari rivojlanmoqda
13:57 / 2025-04-07

Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi WAM axborot agentligi hamda “Amirlik bugun”, “Ko‘rfaz” kabi qator nashrlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilganini keng yoritdi.

Maqolalarda qayta tiklanadigan energiya manbalari, transport va logistika xizmati kabi turli sohalarda hamkorlikni kengaytirish yo‘llari muhokama qilingani ta’kidlanib, ikki davlat iqtisodiy munosabatlari tobora mustahkamlanayotgani e’tirof etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Suhayl Al-Mazruiy 4-5 aprel kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti va “Markaziy Osiyo global iqlim muammolari qarshisida: umumiy farovonlik yo‘lida birlashish” mavzusidagi Xalqaro iqlim forumida ishtirok etdi.

M.Pirmatova, O‘zA