Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston - BAA: investitsiyalar, sanoat, savdo sohalarida sheriklik ko‘lami kengayadi
12:14 / 2020-11-10

O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi doirasida Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov BAA iqtisodiyot vaziri Abdulloh bin Tuq al-Marriy bilan investitsiyalar, sanoat va savdo sohalarida strategik sheriklikni mustahkamlash istiqbolini muhokama qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Uchrashuv kun tartibi doirasida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlik jadal rivojlanayotganini mamnuniyat bilan e’tirof etib, yuqori texnologiyali sanoat korxonalari yaratishga urg‘u bergan holda qo‘shma investitsiyaviy loyihalar portfelini kengaytirish va diversifikatsiya qilish uchun ulkan imkoniyat mavjudligini ta’kidladilar.

Manzilli uchrashuv va muzokaralar tashkil etish orqali BAAning yirik korporatsiyalari va O‘zbekistonning tegishli idora va kompaniyalari birgalikda ishlashini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatishga kelishildi.

Amirliklar tomoni qishloq xo‘jaligi sohasida sheriklikni kuchaytirish ustuvorligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan zamonaviy sifat standartlariga muvofiq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va keyinchalik BAA bozoriga eksport qilish uchun O‘zbekistonda yirik qo‘shma agrosanoat klasterlari tashkil etish imkoniyati ko‘rib chiqildi.

Muloqot chog‘ida muntazam ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga ko‘maklashish maqsadida Amirliklar va O‘zbekiston ishbilarmon jamoalari vakillari ishtirokida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Shuningdek, uchrashuvda maqsadli ko‘rsatkichlar va kutilayotgan aniq natijalarni belgilagan holda hukumatlararo komissiya shaklida ikki tomonlama hamkorlik mexanizmini sifat jihatidan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilashni rejalashtirib olindi.

O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini 2021 yil birinchi choragida Abu-Dabida o‘tkazish ma’qullandi.

O‘zA