Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston avtomobillari: eksport kamaygan, import va ishlab chiqarish keskin oshgan
09:51 / 2022-05-06

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida yurtimizda 68 905 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

Ishlab chiqarish hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 24451 taga oshgan.

2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Ozarbayjon, Tojikiston, Koreya va Livanga 58 dona yengil avtomobillarni eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 8763 taga kamaygan.

2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 189,3 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 8 508 ta yengil avtomobil import qilgan.

Yengil avtomobillar importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda, 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oshgan.

3 oyda yurtimizga 455 ta elektromobil import qilingan.

Elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 370 taga yoki 5,4 barobarga oshgan.

O‘zA