French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston avtomobil sporti nizomi va qoidalari kuchga kirdi
23:08 / 2021-09-11

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA)ning rasmiy a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston Milliy avtomobil klubi jamoatchilik birlashmasi tomonidan mamlakatimizda avtomobil sporti qoidalari tasdiqlandi.

Joriy yil 9 sentyabrda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda turizm va sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov hamda O‘zbekiston Milliy avtomobil klubi jamoatchilik birlashmasi vitse-prezidenti Aleks Soy O‘zbekiston Respublikasida avtomobil sporti qoidalari hamda avtomobil sporti bo‘yicha 2021 yilgi respublika va mintaqalararo musobaqalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlab, imzolashdi.

O‘zbekiston Respublikasida avtomobil sporti nizomi va qoidalari O‘zbekiston Milliy avtomobil klubi jamoatchilik birlashmasi tomonidan Xalqaro sport kodeksi(ISC)ga muvofiq hamda sport vakolatlari asosida ishlab chiqilgan va muvofiqlashtirilgan.

Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA)ga – 1904 yilda asos solingan bo‘lib, u butun dunyoda xalqaro avtomobil sportini (kartingdan boshlab Formula-1ga qadar) boshqaruvchi nufuzli organ hisoblanadi. FIA, shu bilan birga jahondagi yetakchi avtomobil tashkilotlarini o‘z atrofiga birlashtirib, nafaqat avtomobil sportini rivojlantirishga, balki sayyoramizdagi yo‘l harakati ishtirokchilarini xavfsiz, barqaror va qulaylik bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

FIAga jahondagi 143 mamlakatning 245 dan ortiq avtomobil sporti klublari, xususan «O‘zbekiston milliy avtomobil klubi» jamoatchilik birlashmasi ham a’zo bo‘lgan. Tashkilotning butun dunyo bo‘yicha 80 milliondan ortiq a’zolari mavjud.

Xalqaro sport kodeksiga (ISC) muvofiq ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasida avtomobil sporti nizomi va qoidalari milliy avtosportning rivojlanishi, shuningdek, mamlakatning xalqaro avtosportga uyg‘unlashuviga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa, o‘z navbatida yurtimizda avtosport bo‘yicha xalqaro musobaqalarni o‘tkazish imkonini beradi. Shuningdek, sezilarli darajada sportchilarimiz uchun kartingdan boshlab Formula-1gacha bo‘lgan musobaqalarda qatnashish imkoniyatini ochib beradi.