English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston avtomobil bozoridagi vaziyat qanday?
15:43 / 2025-11-18

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tayyorlangan tahlilga ko‘ra, oktyabr oyi yakunlariga bo‘yicha respublikada barcha turdagi avtotransport vositalari savdosi 112,5 ming donaga yetgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 11 foiz yuqori. Savdo faolligi barcha asosiy bozor segmentlarida oshgan.

Birlamchi va ikkilamchi bozorlarda yengil avtomobillar segmenti oylik 12,7 foiz o‘sishni ko‘rsatdi va 95,4 ming donani tashkil yetdi. Eng yuqori o‘sish Namangan, Jizzax va Buxoro viloyatlarida qayd etilgan bo‘lib, bu hududlarda savdolar 20 foizdan ziyod oshdi. Shu bilan birga, Samarqand viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida faollik biroz pasaygani kuzatildi.

Oktyabr oyi natijalariga ko‘ra, birlamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi qariyb 19 foizga oshdi. B qo‘shimcha 6 ming dona avtomobil sotilganini ko‘rsatadi. Segment doirasida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar toifasida sotuvlar 33,4 ming donaga yetdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 22 foizga o‘sdi.

Yangi xorijiy avtomobillar sotuvi biroz o‘sish (+1,1 foiz) bilan sentyabr oyi ko‘rsatkichlaridan oshib, 4,5 ming donani tashkil etdi.

Oktyabr oyida yengi avtomobillarning ikkilamchi bozorda sotuvlari o‘tgan oyga nisbatan 9 foizga oshib, 57,4 ming donani tashkil etdi.

Ikkilamchi bozorda elektromobillar sotuvi 3 ming donadan oshib, oylik hisobda 15,2 foiz o‘sish qayd etildi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobar ko‘pdir.

M.Qosimova, O‘zA