English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston avtomobil bozori:  qaysi hududda o‘sish sur’ati yuqoriladi?
12:42 / 2023-02-22

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillariga ko‘ra, mamlakatimizda 2021-2022 yillarda yengil avtomobillar bozori 2 baravar, ya’ni 647 mingdan (avval 692 ming) 1,3 milliontaga (avval 1,4 million) o‘sdi.

Yanvar oyida sotilgan yengil avtomobillarning umumiy soni 118 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning dekabriga nisbatan 18 foizga o‘sgan. Samarqandda 85 foiz, Farg‘onada 44 foiz va Namangan viloyatlarida 31 foiz sezilarli o‘sish kuzatildi.

2022 yil yanvar oyiga nisbatan yengil avtomobillar savdosi soni deyarli 20 foizga oshdi.

BIRLAMCHI VA IKKILAMCHI AVTOMOBIL BOZORIDAGI VAZIYAT

Birlamchi bozorda ro‘yxatga olingan avtomobillar soni bir oy ichida 71 foizga oshdi. 2022 yilning yanvar oyiga nisbatan birlamchi bozorning o‘sishi 5,6 foizni tashkil etdi.

Birlamchi bozorda yengil avtomobillar sotuv dinamikasi, 2021-2023 yillar

Shu bilan birga, yil boshidan buyon mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi 23,4 mingtani tashkil etib, 71 foizga oshdi. Bu o‘tgan 2022 yil yanvar oyiga nisbatan – 2 foizga o‘sganidan dalolat.  Xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar xaridi ham o‘sgan.

Joriy yil yanvar oyida ikkilamchi bozorda 92 mingta avtomobil sotildi, bu o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan 8,9 foizga ko‘pdir. 2022 yil yanvar oyiga nisbatan esa o‘sish 24 foizni tashkil etdi.

ELEKTROMOBILLAR BOZORI

Yanvar oyida yengil elektromobillar sotuvi 431 donani tashkil etdi, bu 2022 yil dekabrga nisbatan 3 foizga (+13 dona) ko‘proq. Eng ko‘p elektromobil Toshkent shahrida – 319 dona, Toshkent – 44 dona va Farg‘ona viloyatida –13 dona sotilgan.

2022 yil yanvar oyiga nisbatan elektromobillar sotuvi 85 foizga (+198 dona) oshdi.

Yengil avtomobillarga bo‘lgan talabning ortib borayotgani elektromobillarining bojxona to‘lovlari, aksiz solig‘i va avtotransport yig‘imlaridan ozod etilgani bilan bog‘liq. Xususan, 2021 yildan 2022 yilgacha elektromobillar bozori 3 baravarga, ya’ni 1,7 mingdan 5,9 mingtaга o‘sdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, hukumat tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar tufayli elektromobillar bozorining yanada o‘sishi prognoz qilinmoqda. Xususan, elektromobillar va ehtiyot qismlarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil etish, xaridorlarga mahalliy elektromobillar sotib olishda kredit foizlarini qoplash uchun kompensatsiya to‘lash qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Bundan tashqari, 2023-2025 yillarda O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida davlat ulushi 50 foizdan oshmaydigan davlat organlari, mahalliy hokimliklar va korxonalar tomonidan elektromobillar sotib olish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston avtomobil bozori sharhi – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqot yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, unda ham mamlakatda, ham xorijda ishlab chiqariladigan yengil avtomobil va elektromobillar savdosi dinamikasi aks ettirildi. Ma’lumotlar hisobot oyi uchun ham, yil boshidan hisobot oyigacha bo‘lgan davr uchun ham taqdim etiladi. Bundan tashqari, bozor dinamikasini kuzatish uchun o‘tgan yilning shu davridagi ma’lumotlar taqdim etiladi.

 

Darya Miroshnikova,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassisi.

O‘zA