2026-yil 5-fevral kuni Toshkent shahrida Geely brendi Oʻzbekistonda “Farovon hayot uchun” shiori ostida yangi modellarning yirik taqdimot tadbirini oʻtkazdi va uchta modelni rasman taqdim etdi. Bular - Geely EX5, Geely EX5 EM-i va Monjaro.
Ushbu taqdimot 2025-yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgan Toshkent Xalqaro Avtoko’rgazmasidagi Geely debyutidan keyingi navbatdagi muhim bosqich bo‘ldi. Brend taqdimoti Markaziy Osiyo bozorida Geely’ning mahalliylashtirish strategiyasida katta qadam tashlanganini ham anglatadi. Geely Oʻzbekistondagi iste’molchilarga avtomobillar bo‘yicha yanada keng va ekologik toza tanlovlarni taqdim etadi, shu bilan birga mahalliy avtomobil sanoatini modernizatsiya qilish va “yashil harakatlanish” ekotizimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Tadbir kuni ko‘plab avtomobil ishqibozlari, soha yetakchilari hamda taniqli ommaviy axborot vositalari jam bo‘lib, Geely’ning yangi modelarining bozorga chiqishiga guvoh bo‘lishdi. Geely EX5 ilg‘or texnologiya, zamonaviy dizayn va yuqori energiya samaradorligini o‘zida birlashtirgan to‘liq elektr modeldir. U Euro NCAP va ANCAP tashkilotlaridan bir vaqtning o‘zida ikki karra besh yulduzli xavfsizlik bahosini olgan Geely’ning ilk modeli bo‘lib, kundalik elektromobillarda harakatlanish standardlarini yangidan belgilashni maqsad qiladi.
Geely EX5 EM-i dunyoda ommaviy ishlab chiqariladigan plagin-gibrid SUVlar orasida eng past yoqilg‘i sarfiga ega model hisoblanadi. Sanoatdagi yetakchi EM-i Super Hybrid tizimi bilan jihozlangan ushbu model 105 km sof elektr yurish zaxirasini hamda zaryad saqlash (charge-sustaining) rejimida 4,3 L/100 km yoqilg‘i sarfini ta’minlab, o‘z sinfida yangi mezonlarni o‘rnatadi.
Flagman premium SUV bo‘lgan Monjaro esa so’nggi to‘rt yil ichida umumiy global savdosi 930 ming donadan oshib, bozordagi kuchli raqobatbardoshligini namoyon etdi. Taqdimot tadbiri texnologik estetika va vizual san’at uyg‘unligida tashkil etilib, Geely’ning “barqaror harakatlanish yetakchisi” sifatidagi strategik pozitsiyasini yorqin tarzda ko‘rsatdi.
Bugunga kelib Geely Oʻzbekistonning yirik shaharlarida, jumladan Toshkent, Buxoro va Farg‘onada bir nechta savdo va servis shoxobchalarini tashkil etdi. Markaziy Osiyodagi sotuv rejalarining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida Geely mahalliy hamkorlar bilan birgalikda mahalliy zavodini qurishni ham rejalashtirmoqda. Bu loyiha butun Markaziy Osiyo mintaqasini qamrab oladigan ta’minot zanjiri va ishlab chiqarish markazini shakllantirishga, shuningdek, mahalliylashtirilgan ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu tashabbus mintaqaviy avtomobil sanoati rivojiga ko‘maklashadi va yangi ish o’rinlari yaratishga xizmat qiladi.
Sotuvdan keyingi qo‘llab-quvvatlash tizimi ham keng yo’lga qo’yilmoqda. Hozirda Geely O’zbekistonda 800 kvadrat metr maydonga ega markaziy ehtiyot qismlar omborini tashkil etib, 500 turdagi ehtiyot qismlar kategoriyasini zaxirada saqlamoqda. Kompaniya butun mamlakat bo‘ylab 72 soat ichida yetkazib berishni hamda servis tarmog‘i bo‘ylab ehtiyot qismlar bilan ta’minlash darajasini 95% dan yuqori ushlab turishni kafolatlaydi. Kelgusi uch yil ichida Geely asosiy shaharlar bo‘yicha 100% tarmoq qamroviga erishishni, shuningdek xarid, sotuvdan keyingi servis va kundalik foydalanishni qamrab oladigan to‘liq sikl (full lifecycle) mijoz tajribasi tizimini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo bo‘ylab iste’molchilarga yanada kengroq va sifarliroq xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Tadbirda Geely International’ning Sharqiy Yevropa biznes bo‘linmasi bosh direktori Zhang Shouhe shunday dedi: “Oʻzbekiston hukumati ‘O’zbekiston-2030’ strategiyasi doirasida qayta tiklanuvchi resurslarni faol rivojlantirmoqda hamda yashil va barqaror iqtisodiyotni ilgari surmoqda. Geely’ning yetuk global platforma arxitekturalariga tayangan holda, biz butun dunyo bo‘ylab aqlli elektr avtomobillarning ko‘proq modellarini taqdim etishda davom etamiz. Bu yashil va barqaror harakatlanish bo‘yicha turli foydalanuvchi ehtiyojlarini qondirishga, shuningdek Oʻzbekistonning past uglerodli, yashil va barqaror yangi transport davriga o‘tishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi”.

Global avtomobil sanoati jadal transformatsiya jarayonini boshdan kechirayotgan bir paytda, Geely kuchli texnologik salohiyat va moslashuvchan mahalliylashtirish strategiyalariga tayangan holda Yevroosiyo va Lotin Amerikasi kabi turli mintaqaviy bozorlarda ishtirokini izchil kengaytirmoqda. Oʻzbekistondagi ushbu muvaffaqiyatli taqdimot Geely’ning Xitoy avtomobil brendi sifatida global bozorlarga chiqishdagi qat’iy harakatini namoyish etish bilangina cheklanmay, “yashil va aqlli transport ekotizimini yaratish” haqidagi qarashini ham o‘zida mujassam etadi, va bu har bir foydalanuvchiga ishonch va xavfsizlik hissini taqdim etadi.
Ma'lumot o'rnida shu'ni ta'kidlash joizki, Geely brendiga 1986-yilda asos solingan va u 1997-yildan beri avtosanoatda muhim o'rinlardan birini egallab kelmoqda. Geely Holding tarkibiga Geely Auto (jumladan Geely Galaxy), ZEEKR, Lynk & Co, Volvo Cars, Polestar, Lotus, LEVC (London Electric Vehicle Company) va Farizon (tijorat NEV) kabi brendlar kiradi kiradi. Shuningdek, guruh o‘z portfeli doirasiga bevosita kiritadigan hamkorlik va investitsion aktivlar ham mavjud. Ular qatorida SMART va PROTON brendlari ham bor. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, Geely Holdingga tegishli barcha brendlari bo‘yicha jami sotuv 4,11 mln avtomobildan oshdi.
Geely avtomobil sanoati bilan bir qatorda alohida “texnologik klaster”ni ham rivojlantirmoqda. Kompaniya tarkibiga kiruvchi Geespace brendi orqali “GEESATCOM” deya atalgan past orbitadagi sun’iy yo’ldoshlar tarmog‘ini tashkil etgan. Oltinchi raketa parvozidan so‘ng Geely orbitada umumiy hisobda 64 ta sun’iy yo‘ldoshga ega bo’ldi va loyihaning I-bosqichi (Phase I) muvaffaqiyatli yakunlanganini ma’lum qildi.
O’zbekistondagi avto ixlosmandlari uchun Geely brending rasman kirib kelishi bu, birinchi navbatda, rasmiy savdo, kafolat, va servis tizimi, yangi zamonaviy modellar bilan tanishish hamda Geely global bozor uchun joriy etayotgan yuqori standartlarining O‘zbekistonga ham tatbiq etilishi demakdir. O’zbekiston bozorda Geely’dan xavfsizlik va muhandislikning yuqori darajasidagi mahsulotlarga bo’lgan urg‘uni kutish mumkin. O‘zbekiston uchun e’lon qilingan Geely EX5 modeli Euro NCAP bo‘yicha eng yuqori, 5 yulduzli reytingga ega. Ushbu modeldagi haydovchi va yo’lovchilarni himoya qilishga qaratilgan texnologiyalari, shuningdek haydovchiga yordam beruvchi tizimlar bo‘yicha yuqori ko’rsatkichlar ommaviy xaridor uchun mahsulot darajasini ko‘rsatadigan tushunarli va aniq indikator hisoblanadi.
Geely’ning O’zbekistondagi rasmiy bo’limi hamda sotuvga chiqarilgan modellari haqidagi batafsil ma’lumotlarni quyidagi manbalardan olishingiz mumkin:
Call-markaz: +998 555 100 204 (2299)